x

Inson tanasining katta qismi suvdan tashkil topgan. Shu sababli ba'zi hollarda oddiy suv ichishning o`zi ham kishi salomatligiga ijobiy ta'sir qiladi. Jumladan, turli vaqtlarda ichilgan bir stakan suv inson tanasiga ta'sir o`tkazib, uni turli kasalliklardan saqlar ekan. Quyida ayrim vaqtlarda ichilgan bir stakan suvning foydalarini keltiramiz.

– erta tongda o`rindan turgandan keyin 1 stakan xona haroratidagi suv ichish ichki a'zolar faoliyatini yaxshilaydi;

– ovqatdan oldin 1 stakan suv ichish oshqozon ishiga ko`mak beradi;

– vanna qabul qilishdan oldin 1 stakan suv ichish arterial qon bosimini tushiradi;

– uxlashdan oldin 1 stakan suv ichish insul't va yurak xurujining oldini oladi.

Shu sababli farzandlaringizni erta tongda, ovqatdan oldin va uxlashdan avval oz miqdorda suv ichishga o`rgating. Umuman, kunlik etarli darajada ichilgan suv farzandingizning sog`lom voyaga etishida muhim omillardan biri hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑