Cho`miltirish bu – faqatgina zarur gigiyena va chiniqtirish bo`libgina qolmay, ona va bola o`rtasida nozik muloqot hamdir. Shu sababli bolani cho`miltirishda u bilan gaplashib, kuldirib bu ishni amalga oshirish foydalidir.
Shuningdek, chaqaloqni yuvintirishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi:
· Cho`miltirishdan oldin barcha kerakli narsalarni tayyorlab oling;
· Cho`miltirishni bolaning boshidan boshlang;
· Suv harorati 37 darajani tashkil qilishi lozim;
· Hammom havosining harorati esa 24-25 darajani tashkil qilishi kerak;
· Bolalar uchun mo`ljallangan yumshoq sovun va shampunlardan foydalaning.
Bundan tashqari, bolani cho`miltirishda taqiqlangan ayrim holatlar ham mavjud bo`lib, ular:
– Bolani ovqatlangan zahoti cho`miltirish;
– Bolani suvda qarovsiz qoldirish;
– Tarkibida turli xil kimyoviy moddalar saqlaydigan sovun, shampunlar ishlatish;
– Dag`al sochiqlardan foydalanish va suvga har xil o`yinchoqlar solish hisoblanadi.
Shifokortavsiyasiasosidatayyorlandi.