x

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida qarindoshlar o`rtasidagi nikohdan tug`ma nuqsonli chaqaloq dunyoga kelgani aytilgan videolavha tarqaldi.

Jizzax viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi bu chaqaloq viloyatning Do`stlik tumanida dunyoga kelganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, 2022 yil 4 iyun' kuni soat 04:00 larda 1994 yilda tug`ilgan fuqaro H. T. tuman markaziy shifoxonasining tug`uruq bo`limiga murojaat qilgan. Unga “Homiladorlik 2. Tug`uruq 2. 35 hafta 4 kun. Homilaning chanog`i bilan kelishi” tashxisi qo`yilgan.

Shu kuni soat 06:10 da “Ko`p nuqsonli chaqaloq. Tug`ma ixtioz og`ir darajasi” tashxisi bilan og`irligi 2800 gramm, bo`yi 47 santimetr bo`lgan, muddatiga etgan o`g`il jinsli nogiron chaqaloq dunyoga kelgan. Ko`rsatilgan reanimatsion tibbiy muolajalarga qaramasdan hayotga zid qo`shma asoratlar bilan tug`ilgan go`dak shu kuni 08:20 da vafot etgan.

Ma'lum bo`lishicha, mazkur tug`ilgan ko`p nuqsonli chaqaloqning ota-onasi aka-singilning farzandlari bo`lgan. Ushbu oila ikkala tomonning ham ikkinchi turmushi hisoblanadi. Ularning avvalgi turmushlaridan bir nafardan sog`lom farzandlari bor. Ayolning mazkur homiladorlik davri normal kechgan.

Ma'lumki, tibbiyotda aksariyat hollarda yaqin qarindoshlar nikohi tufayli bolalar turli irsiy nuqsonlar bilan dunyoga kelishi isbotlangan. Hususan, bunday oilalar tufayli tug`ilajak bolada tug`ma aqliy zaiflik, xromosom kasalliklar, daun sindromi, aqliy va jismoniy o`sishdagi jiddiy oqsoqlik kabi xavfli xastaliklar kelib chiqishi mumkin. Shu sababli, Sog`liqni saqlash vazirligi oila qurishga shaylanayotgan yoshlarga, eng avvalo, tibbiy ko`rikdan o`tib, so`ngra yangi hayotga qadam qo`yishlarini, yaqin qarindoshlar o`rtasidagi nikohdan saqlanishlarini tavsiya qildi.

To Top ↑
To Top ↑