x

Ba'zida ota-onalar farzandining kechasi uxlaganda ko`p terlashidan shikoyat qilishadi. Shifokorlarning ta'kidlashicha bunga D vitamini va kaltsiy etishmasligi, markaziy asab tizimining buzilishlari, gipertireoz, shamollash va boshqa infektsiyalar sabab bo`lishi mumkin. Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham bolada me'yoridan ortiq terlash kuzatilishi mumkin.

  • Ortiqcha vazn;
  • Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari;
  • Qandli diabet;
  • Nasliy moyillik;
  • Immun tizimidagi o`zgarishlar;
  • Jigar va oshqozon-ichak tizimidagi muammolar.

Farzandingizda yuqorida ta'kidlangan holat kuzatilayotgan bo`lsa, unga ko`proq D vitaminiga boy mahsulotlar berish, to`g`ri ovqatlanishini nazorat qilish, qovurilgan va achchiq taomlarni iste'mol qilmasligini ta'minlash kerak bo`ladi. Bundan tashqari ter bezlariga ta'sir etuvchi fizioterapiya, semirishga qarshi kurashish, tanin tutuvchi vannalar hamda sifatli matodan tikilgan kiyimlar va shaxsiy gigiyenaga amal qilishini nazoratga olish lozim. Eng maqbul yo`l farzandingizni shifokor ko`rigidan o`tkazish va tahlil natijalariga ko`ra mutaxassis bilan maslahatlashgan holda uning salomatligini tiklashdir.

Shifokortavsiyasiasosidatayyorlandi.

To Top ↑
To Top ↑