x

Ayrim onalar bolaga taglik taqilganida terisi qizarib qolishidan xavotirlarib murojaat qiladi.

Ta'kidlanishicha, bu kabi holat bolalar terisi nozik bo`lganligi hamda teri kasalliklari tez rivojlanganligi sababli yuzaga keladi. Taglik taqilganidan so`ng bolaning terisi qizarib qolsa, quyidagi choralarni ko`rish lozim:

– Taglikni 3-4 soatdan ko`p vaqt taqmaslik 
– Taglikni echgandan so`ng 10-15 daqiqa shu holatda qolishi kerak. Ya'ni darhol boshqa taglik qo`yish yoki kiyintirishga shoshilmaslik kerak. Teri toza havodan nafas olishi lozim.
– 1 haftada 3 marta bolani cho`miltirish lozim. Cho`miltirishdan avval suvga chereda hamda moychechak (romashka) solish tavsiya etiladi.
– Zararlangan soha uchun yog`dan emas, bolalar kremidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
– Bola terlashini oldini olish kerak va sifati yaxshi, paxtadan tayyorlangan kiyimlar kiydirish lozim. Sintetik matolardan kiyim kiydirmagan ma'qul.
– Hona harorati 18-20 darajada bo`lishi kerak.
– Gipoallergen tagliklar kiydirish bu borada eng to`g`ri yo`ldir.

Shuningdek, yuqoridagi kabi holat kuzatilsa, shifokor pediatrga ko`rinish tavsiya etiladi.

Shifokor tavsiyasi asosida tayyorlandi

To Top ↑
To Top ↑