x

Bolalarning raxit kasalligiga chalinishiga asosiy sabablardan biri D vitamini etishmovchiligi ekanligi ko`pchilikka ma'lum. Quyida esa raxitning boshlang`ich davrini qanday qilib aniqlash mumkinligi, dastlabki belgilar qanday yuzaga chiqishi haqida ma'lumot beramiz.

Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko`rinishida namoyon bo`ladi:
— bezovtalik;
— qo`zgaluvchanlik;
— uyqu buzilishi (uyquning yuzaki bo`lishi yoki kam uxlashi).

Bundan tashqari, bola ko`p terlaydigan bo`ladi (kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), bu ayniqsa, boshning sochli qismida ko`proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo`ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibatda bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to`kiladi.
Shuningdek, terida issiqlik toshmalari paydo bo`ladi. Bolada liqildoqlarni berkilishi va tishlarini chiqishi kechikadi.

Yuqoridagi belgilar paydo bo`lishi bilan bolani pediatr ko`rigiga olib borish tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑