x

Statistika agentligi Oʻzbekistonda yil boshidan qayd etilgan tugʻilishlar soni haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida FHDYO organlari tomonidan 137 456 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 3634 nafarga kam.

Oʻtgan 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan yurtimizda 141 090 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgandi.

Shuningdek, joriy yilning dastlabki ikki oyidagi tugʻilishlarda qizlarga nisbatan oʻgʻil bolalar tugʻilishi sezilarli darajada koʻp boʻldi. Yaʼni yil avvalida 71 287 nafar oʻgʻil va 66 169 nafar qiz chaqaloq dunyoga kelgan.

To Top ↑
To Top ↑