x

Aksariyat ota-onalar chaqalog’i uxlaganda uy ishlarini qilib olishga shoshadi. Lekin hamma bola ham me’yordagidek uxlamaydi. “Qush uyqu” bolalar esa onani nafaqat boshqa ishlarga ulgurolmasligiga sabab bo’ladi, balki yaxshigina charchatadi ham. Meʼyordagidan kam uyqu esa asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi.

Masalan, homiladorlikning oxirgi davri yoki tug'ruq paytida ona salomatligi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelsa yoki infeksiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tug'ruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.

Odatda yangi go'dak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan bo'lsa, bu ham meʼyor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishining asoratidir.

Shuningdek, 5-9 oylik bolalar o'rtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt o'tgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda ko'proq orom oladi.

Agar chaqalog’ingiz bundan kamroq uxlayotgan bo’lsa, mutaxassisga murojaat qilib, aniqlik kiritganingiz ma’qul.

To Top ↑
To Top ↑