x

Ovqat hazm qilish yoki ichaklar faoliyatining buzilishi qorin dam bo’lishiga sabab bo’ladi. Chaqaloq ichaklarida gaz hosil boʼlishi esa 3 oylikkacha bo‘lgan go’dak organizmi uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

  • Bolakay emish vaqtida havo yutishi;
  • Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;
  • Аyrim bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi;
  • Sun'iy oziqlantirish;
  • Ona hamda bolaning antibiotiklar qabul qilishi;
  • O'tkir ichak infeksiyalari;
  • Sutdagi laktozani parchalaydigan ferment yetishmovchiligi.

Demak, chaqalog’ingiz 3 oylikdan katta bo’lsa va uning qorni muntazam ravishda dam bo’lishi kuzatilsa, mutaxassisga murojaat qilishingiz lozim.

To Top ↑
To Top ↑