x

Odatda sogʻlom kichkintoylar 7 oyligida mustaqil oʻtirishni oʻrganib, soʻng emaklashni boshlashadi. Emaklash bola organizmi uchun foydali va kerakli jarayon hisoblanadi. Biroq ayrim bolalar emaklashga qiynalib, birdaniga yurib ketishadi. 

Bola emaklamasligining asosiy sabablaridan biri raxit kasalligi boʻlishi mumkin. Bunda mushaklar sustligi bolaning emaklay olmasligiga olib keladi.

Shuningdek, koʻpincha bolalar maydonchasi yoki manejdan chiqmagan, qo'lda koʻtarib yurishga oʻrgangan yoki chaqaloqligida mahkam yoʻrgaklangan bolalarning emaklashi ham qiyin boʻladi.

Semizroq, yoʻgʻon suyakli kichkintoylar esa emaklashga erinishadi, ammo ularning qoʻllaridan ushlab asta-sekinlik bilan oʻrgatishingiz mumkin.

Ba’zi bolalar emaklash nimaligini tushunmay, dangasalik qilishadi. Bu vaziyatda farzandingiz bilan yoshi teng yoki undan 2-3 oylik katta bolali dugonangizni mehmonga chaqiring. Uning bolasi emaklasa, sizning kichkintoyingiz ham undan "nusxa ko'chiradi".

Unutmang, chaqaloqning voyaga yetishidagi har bir jarayon o'ziga xos ahamiyatga ega.

To Top ↑
To Top ↑