x

Bolalar va ota-onalar o'rtasidagi semizlik bilan bog'liq holat yuzasidan tadqiqot o'tkazildi. Unda ota-onalarning o'rta yoshdagi tana massasi va ularning o'sha yoshdagi bolalari vazni o'rtasidagi bog'liqlik o'rganildi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki, ayni bir yoshda ota va onaning massa indeksi me'yordan ortiq bo'lsa, farzand ham xuddi shu yoshga yetganida ortiqcha vaznga ega bo'lish ehtimoli 6 baravar ko'p bo'ladi. Ota yoki onadan birigina ortiqcha vaznga ega bo'lgan holatda esa bolaning ham semizlikdan aziyat chekish ehtimoli 3 baravarga ko'proq bo'lishi qayd etildi.

Shuningdek, bolalar voyaga yetib, ota-onasidan alohida yashaguniga qadar ular bir xil taomlanishadi. Ya'ni ortiqcha vaznga ega ota-onasining ovqatlanish tartibiga o'rgangan bola keyinchalik mustaqil hayotida ham shu tartibda davom etadi va uning ham semirib ketish ehtimoli yuqori bo'ladi.

To Top ↑
To Top ↑