x

Yangi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bolaligida ko‘z kasalliklariga duchor bo‘lganlarda diabet, yurak xastaliklari va boshqa jiddiy sog‘liq muammolari xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniyadagi 126 000 dan ziyod kattalar ma’lumotlari tahlil qilinganda, bolalik davrida ambliyopiya (ko‘z optik sistemasi, to‘r pardasi yoki ko‘ruv nervi tolasining bir yoki ikki tomonlama shikastlanishi natijasida ko‘rishning pasayishi) tashxisi qo‘yilganlar keksayganlarida yuqori qon bosimi va semizlik muammosi ko‘proq kuzatilgan.

UCL Oftalmologiya Instituti professori J. Rahi so‘zlariga ko‘ra, ambliyopiya har 100 boladan 4 nafariga ta’sir etuvchi ko‘z kasalligidir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, dalillar ambliyopiya bilan jiddiy kasalliklar o‘rtasida chambarchas bog‘liqlikni ko‘rsatmasa-da, mazkur kasallik bilan og‘rigan bolalar yanada ko‘proq parvarish va e’tiborga muhtoj bo‘lishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑