x

Ota-onalarning farzandlari bilan bog’liq qo’rquvlaridan biri bu albatta isitmadir. Xo’sh, isitma aslida qanchalik xavfli? Quyida mutaxassislar tomonidan berilgan maslahatlarni taqdim etamiz.

Isitma tananing infeksiya yoki kasallikka qarshi javobidir. Bolalardagi isitma odatda 38 gradus yoki undan yuqori hollarda qayd etiladi. Shuni yodda tutish kerakki, tana haroratining ko’tarilishi kasallik emas, kasallik boshlanishi belgisidir. 

Tana haroratini aniq o’lchash muhim ahamiyatga ega. Aniq natijaga erishish uchun zamonaviy raqamli termometrlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rektal haroratni o’lchash chaqaloqlar va 3 oygacha bo’lgan bolalarda aniq ko’rsatkichni beradi. Kattaroq bolalar uchun esa og’iz, qo’ltiq ostidan o’lchash yoki kontaktsiz termometrlar mos keladi. 

Agar bola 3 oylikdan kichik bo’lsa va rektal o’lchovdagi harorat 38 yoki unda yuqori bo’lsa shifokorga murojaat qilish zarur. Boshqa hollarda ularni suyuqlik bilan ta’minlash muhim. Qolaversa yengilroq kiyim kiygazish va uy haroratini pasaytirish maqsadga muvofiqdir. Isitma tushiruvchi dori-darmonlarni shifokor nazorati ostida qabul qilish zarur.

To Top ↑
To Top ↑