Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko`pincha nutqning boshida (ba'zan o`rtasida) paydo bo`ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir. Natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo`ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda o`xshash. Klonik duduqlanishda so`z, bo`g`in va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to`xtashi bemor boshqa tovushni artikulyatsiya qilishga o`tishiga imkon bermaydi.