Fotih 9 yoshda. U o’zining noodatiy ko’z ranglari bilan ko’pchilikni hayratga solmoqda. Uning ko’z qorachiqlarining bittasi ko’k, bittasining yarmi ko’k yarmi esa jigarrang.
Fotih va uning ota-onasi Turkiyaning Adana shahrida istiqomat qilishadi. Dastlab bolaning oila a’zolari ushbu holatni payqagach tashvishlanib, ko’z shifokori ko’rigiga olib borishadi. Oftalmologlar Fotihda ko’rish bilan bog’liq muammo yo’qligini, faqatgina hetexromiya holati borligini aytishgan.
“Ko’zlarimning ikki xil rangda ekanligiga ko’nikib qolganman. Ba’zilar ko’rib hayron bo’lishadi. Ko’zlarim rangini so’rashsa ularga behijolat ko’k va jigarrang ekanligini aytaman. Ba’zilar esa men bilan rasmlarga tushishadi. Oilamizda ko’k ko’zli odamlar yo’q. Bu menga Yaratganning tuhfasi”, – deydi 9 yoshli Fotih.