Ba'zi ota-onalar farzandining tishlari chiqishi kechikayotganidan xavotirlanib, murojaat qilishadi. Ma'lumotlarga ko`ra, bolalarda tish chiqishining boshlanishi 3-8 oylar oralig`ida yuzaga keladi. Bu vaqt genetik omillarga, bolaning kasal immunitetiga, ovqatlanish tarkibiga, D vitamini hamda kal'tsiy miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Agar bolada ushbu davrda tish chiqishi bilan bog`liq holat sezilmasa, quyidagilar tavsiya qilinadi:
– tish yorishga yordamlashadigan o`yinchoqlar berish;
– tish yorishiga ko`maklashuvchi maxsus gellardan foydalanish;
– milkni qo`l yoki qoshiq bilan engil massaj qilish;
– qattiq ovqatlar berish;
– so`rg`ichdan foydalanishni cheklash;
– bola ovqatlanish ratsioniga kal'tsiyga boy mahsulotlar qo`shish va D vitaminini berish.