Qish kunlari o’z nihoyasiga yetib, bahor fasli boshlangach turli kasalliklarga chalinish holatlari avj oladi. Ushbu mavsumda O’RVI (o’tkir respiratorli virusli infeksiyalar) eng ko’p uchrab turadigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Xo’sh, mazkur payt avvalida bolalarni qanday himoyalsh mumkin? Va saqichlarning bolalarga qanday zararlari bor, ularni saqichdan qanday qutqarish mumkin? Shu kabi savollarga rus pediatri Anton Ravdin Sputnik radiosidagi maxsus eshittirishlarda javob berdi.
- Virus va kasalliklarga chalinishga moyil bo’lmagan odamning o’zi yo’q. Ayniqsa, bolalar borasida gap ketganda bu holatni ta’kidlashimiz mumkin. Ular kattalarga nisbatan ko’proq xastalanishadi. Buning sababi immun tizimiga borib taqaladi. Katta yoshdagilarda turli mavsumlarga moslashgan, tanalari, to’qimalar, asab tizimi, termoregulyatsiya organlari va immunitetlari ham chiniqqan hamda yetuk holda bo’ladi.
Biz farzandlarimizga ovqat yeyishdan oldin, ko’chadan kelgandan keyin yoki turli holatlarda qo’llarini yuvishi kerakligini tushuntiramiz. Bu narsani ularga doim eslatib turish kerak. Eng yaxshisi shaxsiy misol sifatida o’zingiz doim takrorlab ko’rsatishingiz foydaliroqdir.
Ushbu suhbatning to’liq translatsiyasini quyidagi havola orqali tinglashingiz mumkin (rus tilida).