Buni qanchalik xohlamasangiz-da, chaqaloqlar vaqti-vaqti bilan kasal bo‘lib qolishadi. Ammo, siz chaqaloqda kuzatilayotgan kasalliklarni yengillashtiradigan yoki ularning qaytalanishini oldini oladigan tabiiy qo'shimchalardan foydalanishingiz mumkin. Bola tug’ilgandan so’ng unda har tomonlama rivojlanish boshlanadi. Quyida mutaxassislar maslahatlari orqali tuzilgan usullardan foydalanib farzandingiz immun tizimini yanada mustahkamlashingiz mumkin bo’ladi.
Immunitet rivojida ona sutining o’rni
Chaqaloq rivojlanishida ona suti, uni to’liq emizish katta rol o'ynaydi. Go’dak ona suti orqali:
- yordamchi IgA antikorlari,
- Idiotipga qarshi antikorlar,
- o'sish omillari,
- T va B limfotsitlari,
- Lakoferin bakteritsid kabi foydali va zarur moddalarni o’ziga qabul qiladi.
Bularning barchasi ona sutida mavjud bo'lgan ozuqa moddalari bo'lib, chaqaloqning immunitetiga hissa qo'shishi mumkin.
Bolalarning immunitetini mustahkamlashning tabiiy usullari qanday?
- - Yetarli va to’yimli uyqu
- - Ko’proq harakat qildirish
- - Antibiotiklarni faqat zaruriy hollarda olish
- - Tabiiy tarkibga ega bo’lgan oziq-ovqatlari iste’mol qilish
- - Imkon qadar D vitaminini ko’paytirish
- - A vitainiga boy mahsulotlarni iste’mol qilish
- - Ko’proq suv ichish
- - Og’iz bo’shlig’i salomatligiga e’tibor berish
- - Shakardan foydalanishni minimallashtirish