x

Inson chaqaloqlarni ko’rganda ularning shirin va mayin yanoqlarini o’pishdan o’zini tiyib turishi mushkul ish. Ayniqsa, bizning bolajon xalqimiz orasida bu holat juda keng tarqalgan. Ammo, chaqaloqlarni o’pish ularning sog’ligiga jiddiy xavf tug’dirishini hamma ham bilavermaydi. Garchi ushbu holat doim ham RSV yoki boshqa kasalliklarni chaqirmasa-da, yangi immunitet tizimiga qarshi kurashish qiyin bo’lgan xastaliklarga olib keluvchi mikroblarni tarqatishi mumkinligini tibbiyot ham tasdiqlaydi. Shuning uchun ota-onalardan boshqa har bir inson chaqaloqlarni o’pish yoki  teginishdan saqlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida, bolani o’pish orqali vujudga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklar bilan tanishamiz.

RSV (respirator sinsitial virus)
RSV juda jiddiy va potentsial o'limga olib keladigan holat bo'lib, infektsiyalangan havo tomchilari orqali o'tishi mumkin. Agar siz yaqin vaqtlarda gripp yoki shamollashga duchor bo’lgan bo’lsangiz, yangi tug'ilgan chaqaloqni ushlab turishdan, teginish va ayniqsa o'pishdan ehtiyot bo’ling. RSV og'ir nafas olish muammolariga olib kelishi, yurak va miya sohasiga  ham ta'sir qilishi mumkin.

Immun tizimining zaifligi
Hayotning dastlabki bir necha oylarida chaqaloqlarning immuniteti eng zaif bosqichda bo’ladi. Ushbu vaqt mobaynida ularga ta’sir o’tkazuvchi infektsiyalar yaqin kelajakda rivojlanishdan ortda qolish, immunitet zaifligi va shu kabi muammolarga olib kelishi mumkin.

Qolaversa, yuqoridagi holat yangi tug’ilgan chaqaloqlarda allergik reaktsiyalar, qo’l, oyoq va og’iz kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑