x

Pediatriyada shifokorlar tana haroratini me'yorlashtirish uchun yoshga bog`liq dozalarda paratsetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo`llashni maslahat berishadi. Aspirin ishlatish esa taqiqlanadi. Chunki u bola hayoti uchun xavfli bo`lgan gepatotserebral sindrom rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar bolaning tana harorati oshganida quyidagilarni tavsiya qilishadi:
– tana haroratini nazorat qilish;
– suv-tuz balansini to`ldirish;
– ko`proq suyuqlik ichirish;
– issiq kiyinmaslik;
– kuniga 4-6 marta tana haroratini o`lchash.
Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik) preparatlar buyuriladi. Bolani sirka va spirt bilan artish esa tavsiya qilinmaydi. Bunday holatda shifokor bilan maslahatlashib ish ko`rgan ma'qul.

To Top ↑
To Top ↑