x

Shifokorlar bolalarning yura boshlash chegarasi 8 oylikdan 1,5 yoshgacha davom etishini ta'kidlashadi. Qayd etilishicha, bolaning kech yurishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: genetik, ya'ni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari kech yurgan bo`lsa, bolaning fe'l-atvori og`ir bo`lsa, vazni katta bo`lsa, vaqtidan ilgari tug`ilgan bo`lsa. 

Agar ushbu holatlardan birortasi bo`lmasa va 20 oygacha bola mustaqil yura olmasa, ortoped hamda nevropatolog ko`rigiga olib  borish kerak. Bola yurishga kechiksa, unga yordam berish zarur, majburlash kerak emas. 

Bunda uning belidan yoki qo`ltiq osti sohasidan ushlab, bolani yurishiga yordam berish mumkin, plastik moslama (xodunok) ham yaxshi yordam beradi.

Hodunok haqidagi maqolamizni quyidagi havola  orqali o`qishingiz mumkin.

To Top ↑
To Top ↑