x

Buyuk Britaniya bolalarining salomatlik darajasi keskin tushib ketgani mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Tibbiyot fanlari akademiyasi hisobotida go’daklar o’limi, semirish va tishlarning yemirilishi ortib borayotgani hamda Britaniyada so’nggi yillarda bolalar salomatligi bo’yicha islohotlar to’xtab qolgani qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, mamlakat bolalarga sog’lom yashash sharoitini yaratib bera olmayotgani bunga sabab bo’lmoqda. Mutaxassislarga ko’ra, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar sog’ligida keskin pasayish kuzatilgan. Ularda semirib ketish va tishlarning yemirilishi avj olmoqda. 

Hisobotda keltirilgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat:

  • – 5 yoshli bolalarning 1/5 qismidan ortig’i semirishga duchor bo’lgan;
  • – 5 yoshli bolalarning qariyb 1/4 qismi tish kasalliklaridan aziyat chekmoqda;
  • – Angliya bugungi kunda go’daklar o’limi bo’yicha OECD ro’yxatida 30-o’ringa ko’tarilgan;
  • – Emlangan bolalarning ulushi kamaygan;
  • – Bolalarning ruhiy salomatligi xizmatlariga talab ortgan.

To Top ↑
To Top ↑