Bolalarda qabziyat ya'ni ich qotishining asosiy sabablari etarlicha suv ichirmaslik, meva va sabzavot p'yurelarini bermaslik, ichni qotiradigan mahsulotlar edirish, ovqatlantirish rejimiga amal qilmaslik, to`yib ema olmasligi kabilar hisoblanadi.
Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun bolaga har kuni 1-2 mahal meva va sabzavotlarni yangi p'yurelaridan berish, 6 oylikdan oshgan bolalarga havo haroratiga qarab suv ichirish, kletchatkaga boy bo`tqalar berish, to`ygunicha emizish kerakligi ta'kidlanadi.
Shuningdek, qabziyat va qorin dam bo`lganini bilish uchun — bola qornini engil ushlab, paypaslab ko`riladi, agar qattiq yoki tarang bo`lsa, demak ichi qotgan yoki dam bo`lgan. Odatda bolalar qorni tez-tez dam bo`ladi, bu ham ichaklardagi fekaliyni transportirovkasiga xalaqit beradi va ichi qotib qoladi. Bunday vaqtda tarkibida simetikon saqlovchi preparatlar (espumizan, bobotik), ukrop suvidan berish kerak. Bolani qorni bilan yotqizib turish ham yaxshi foyda beradi. Ushbu tavsiyalar foyda bermaganda yoki bolaning ahvoli jiddiy bo`lsa, bolalar shifokoriga murojaat qilish zarur.