x

Tungi uyqu paytida beixtiyor peshob qilish bilan bog`liq kasallik tibbiyot tilida tungi enurez deb ataladi. Ko`p hollarda 5 yoshgacha bolalarda bu holat me'yor hisoblanadi.

Mutaxassislar taqdim etgan ma'lumotlarga ko`ra, bolalarda tunda peshob qilish quyidagi kasalliklardan dalolat berishi mumkin:

– siydik yo`li kasalliklari;

– asab tizimi kasalliklari;

– gijja kasalliklari;

– orqa miya anomaliyalari.

Tungi siyib qo`yish sababini aniqlash va davolash maqsadida urolog va bolalar shifokori ko`rigidan o`tish lozim.

To Top ↑
To Top ↑