x

Taʼlimga sarflangan imtiyoz va pullar har yili o‘lim xavfini 2 foizga kamaytiradi. Ta’limiy himoya taʼsiri barcha yosh, jins, ijtimoiy va etnik kelib chiqishda bo‘lgan barcha odamlarga taalluqlidir. Buni The Lanset Publis Health jurnalida chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.

Olimlar 600 dan ortiq tadqiqotlardan olingan 59 mamlakat maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Ular har bir qo‘shimcha o‘rganish yilida o‘lim xavfi 2 foizga kamayganini aniqladilar. Olti yillik boshlang‘ich maktabni tugatganlarning xavfi o‘rtacha 13% ga kamaygan. O‘rta maktabni tugatganlarda xavf deyarli 25% ga kamaydi.18 yillik taʼlim xavfni 34% ga kamaytirdi.

Bundan tashqari, 18 yillik taʼlimning afzalliklarini ideal miqdordagi sabzavotlarni isteʼmol qilishning foydasi bilan solishtirish mumkin. Umuman maktabga bormaslik har kuni besh shisha yoki undan ortiq spirtli ichimliklar ichish yoki 10 yil davomida sigaret chekish kabi zarar bilan teng bo‘lib chiqdi.

Taʼlimning afzalliklari yoshlar uchun juda ahamiyatli bo‘lsada, taʼlim olish hatto 50 va 70 yoshdan oshgan odamlarda uchun ham o‘lim xavfini kamaytiradi. Ushbu tadqiqot rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda bir xil ko‘rsatgichni namoyon qildi.

To Top ↑
To Top ↑