x

"Farzandim faqat shirinliklar yeydi" – bu yosh onalarning eng mashhur shikoyatlaridan biri.

Bola odatdagidek ovqatlanishni istamasa, aldov bilan ovqatlantirish ("ovqatingni yeb qo'ysang, falon narsa olib beraman" deb) va majburlash qo‘llaniladi. Bu qisqa muddat uchungina natija berishi mumkin. Ammo bunday usullar ovqatlanish buzilishi muammosini hal qilmaydi.

Bunday qiyinchiliklarga nima sabab bo‘lishi va ularni qanday tuzatish mumkinligi haqida ko‘p yillik tajribaga ega psixolog, ota-ona va bola munosabatlari bo‘yicha mutaxassis Karina Rixtere fiklarini o‘rtoqlashdi.

Uning ta'kidlashicha, bola intuitiv ravishda o‘sib borayotgan tanasi uchun faqat to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlarni tanlashi va nosog‘lom va shirin taomlardan voz kechishi kerak. Ammo, aslida, ko‘pincha bolalar oddiy ovqatdan voz kechib, "arzimas" ovqatni afzal ko‘rishadi. Bu holat ota-onalarni tashvishga solayotgani mantiqan to'g'ri. Axir, zarur ozuqa moddalarining yetishmasligi bolaning sog‘lig‘iga bevosita ta’sir qiladi va turli xil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Nega bola sho‘rva hamda grechka pyuresidan voz kechib, shirin tvorog va konfetlarni afzal ko‘radi?

1. Nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yorqin qadoq va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bolalar, ayniqsa ko‘zlari bilan ovqat tanlaydilar, shuning uchun ular baliq va sabzavotli salat o‘rniga jimjimador qilib bezatilgan shirinliklarniafzal ko‘radilar.

2. Ovqatni tanlashga ota-onalarning ovqatlanish odatlari ham ta’sir qiladi. Agar siz asosan bulochka va shokolad iste’mol qilsangiz, bola sizga qarab, aynan bir xil ovqatni tanlaydi. Bundan tashqari, agar stolda har doim konfet bo‘lsa, bola har o‘tishida uni yeydi.

3. Tug‘ma xususiyatlar bilan bog‘liq salbiy sabablar bolani oziq-ovqatning ma’lum bir turidan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. Ya’ni, bolaning istamasligi emas, balki u jismonan boshqa ovqatni iste’mol qila olmasligidir.

4. Shuningdek, ovqatlanish odatlari hissiy holat ta’sirida majburlanadi. Agar bola doimo psixologik, aqliy yoki jismoniy ortiqcha yukni boshdan kechirsa, u ongsiz ravishda isrof qilingan energiyani tiklashni xohlaydi. Buni qilishning eng oson yo‘li – zararli uglevodlar, ya’ni shirin narsalardir.

5. Ko‘pincha ota-onalar, bolaning xarxashasini tugatishi uchun shirinliklar bilan aldaydi. Shunday qilib, shirinliklar bola uchun mukofotga aylanadi. U chegaralarni bilmagani va to‘xtata olmagani uchun o‘zini doimiy ravishda mukofotlashni boshlaydi.

6. Ba’zi kasalliklar ham ovqatlanish odatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Misol uchun, anemiya bilan bolalar oddiy ovqatdan bosh tortishlari va faqat shirinliklarni tanlashlari mumkin.

Ushbu sabab va tavsiyalarni sizga ulashishimizdan maqsad shuki, ortiqcha shakar farzandingiz tugul katta yoshdagi kishilar salomatligi uchun ham zarar. Shunday bo'lishiga qaramay siz bolani shirinlik bilan siylasangiz, bu unga nosog'lom hayot tilashdek gap. Aksincha, o'zingiz ham sog'lom ovqatlanish ratsioniga amal qilib, o'rnak bo'ling va bolaning sog'lom rivojlanishiga zamin yarating.

To Top ↑
To Top ↑