x

Gen terapiyasi irsiy kasallik bilan dunyoga kelgan bir nechta bolalarga eshitish imkonini berdi. Xitoyda o'tkazilgan kichik tadqiqot davo muolajalasini olayotgan 6 bolaning 5 tasida eshitish qobiliyatini sezilarli darajada tikladi. Hozircha ushbu terapiya qamrovi cheklangan bo'lsa-da, yaqin yillarda tugʻma karlikning boshqa turlari bilan kasallangan bolalarga yordam berishi mumkin. 

Bugungi kunda dunyo miqyosida karlikdan aziyat chekayotgan 34 million bolaning 60%i genlar sabablidir. Tugʻma kar bolalar asosan ovozni eshitishga yordam beruvchi koxlear implant deb ataladigan maxsus qurilmadan foydalanishadi.

Tadqiqot muallifining ma'lum qilishicha, hech qanday muolaja karlikni davolay olmaydi. Shuning uchun olimlar yagona chora sifatida terapiyani yoʻlga qoʻyishdi.

Tadqiqot davomida bemorlarning oʻzgarishi videotasvirlarga yozib olindi. Ulardan birida ilgari umuman eshitmaydigan chaqaloq davolanishdan 6 hafta oʻtgach shifokorning soʻzlariga javoban reaksiya bildira boshlagan. Yana birida esa yosh qizaloq davolanishdan 13 hafta soʻngra oila a'zolarining "Men seni yaxshi koʻraman" degan soʻzlarini takrorlashi kuzatilgan.

To Top ↑
To Top ↑