x

Angliya Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi mamlakatda yoshlar va bolalarga barcha turdagi energetiklarni sotish ta’qiqlanishi zarur deya, bir qancha yangi dalil va tadqiqot natijalarini keltirib o’tdi. U o’z so’zida energetiklar tufayli stress va o’z joniga qasd qilish fikrlari kelib chiqishi kabi avvalgidan ko’ra ko’proq xavf bilan bog’liq holatlar mavjudligini ta’kidladi.

Ma’lumki, ushbu ichimliklar o’z tarkibida yuqori miqdorda kofein va shakarni o’z ichiga olgani uchun energiyani oshirish maqsadida sotiladi. Britaniyaning aksar supermarketlari allaqachon 16 yoshga to’lmagan bolalarga mazkur mahsulotlarni sotishni ixtiyoriy tarzda to’xtatgan. Va ushbu taqiq 2019-yilda Shotlandiyada ham taklif qilingan edi.

Ekspertlarga ko’ra, bitta energetik tarkibida 160-200 mg kofein mavjud va bu miqdor biz ichadigan bir finjon qahvadagidan 2 barobarga ko’proq. Ular bolalar uchun mos bo’lmasada, ya'ni bolalar uchun normal holat emasligiga qaramay ularni istalgan bola supermarketga kirib sotib olishi mumkinligi muammoli holatdir. Chunki britaniyalik bolalarning 3 dan bir qismi ularni har hafta iste’mol qilishadi hamda ularning asosiy xaridori og’il bolalar.

Ushbu holat bo’yicha o’tkazilgan yangi tadqiqotda 21 davlatdan qariyb 1 million bolalar qatnashdi. Yakuniy xulosalarga ko’ra, energetiklar bola va yoshlar ruhiyati, jismoniy sog’lomligi, xulq-atvor va tarbiyasiga zarari kundek ravshan. Muntazam iste’mol qilish esa giyohvandlik, zo’ravonlik va jinsiy tajovuzlari amalga oshirishga olib borishi mumkin. Sabrsizlik, o’qishga qiziqish pasayishi va noto’gri ovqatlanish yuqoridagi “quvvat suvi” bilan bevosita bog’liq bo’lishi ham mumkin. “Bolalarni bu xavflardan himoya qilishga hozirdan harakat qilishimiz zarur” deyiladi xabarda.

Darhaqiqat ushbu turdagi ichimliklarni iste'mol qilish kattalarga ham zararli ekani ayon bo'lgan bir vaqtda bolalarga ham energetiklar iste'moli uchun "keng yo'l ochish" xato bo'lishi tabiiy. Shu sababli O'zbekistonda ham nafaqat tamaki va alkogol mahsulotlari, balki quvvatlantiruvchi ichimliklar savdosida ham yoshga doir cheklov o'rnatilishi lozim.

To Top ↑
To Top ↑