x

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, immuniteti past bolalar gripp, bronxit va oʻtkir respiratorli kasalliklarga yiliga 5 marta va undan koʻp chalinadilar.Farzandingizning immuniteti past ekanligini qondagi gemoglobin miqdoriga qarab ham aniqlash mumkin. Gemoglobin miqdori past boʻlsa, immun tizimi faoliyati ham susayadi. Shuningdek, kasalliklarning tez-tez qaytalanishi, xastalikdan qisqa vaqt ichida tuzala olmaslik ham immunitet pastligidan darak. Bundan tashqari, koʻz atrofining koʻkarib qolishi, holsizlik, kamquvvatlik va nimjonlik – immunitet pastligi alomatlaridan hisoblanadi. Bola allergiyaga moyil boʻlsa, gijja kasalligidan aziyat cheksa va disbakteriozni tez-tez boshdan kechirsa, uning immuniteti past ekanligini taxmin qilish mumkin.

To Top ↑
To Top ↑