x

Oʻzbekistonda maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash moʻljallanmoqda.  

Bunda, bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish koʻzda tutilgan.

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxati tasdiqlanadi va ularning isteʼmoli kamaytiriladi.

Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiyena qoidalari boʻyicha tavsiyalar toʻplami yaratiladi.

To Top ↑
To Top ↑