x

Koʻplab tibbiy-ilmiy kitoblarida cho‘milishga bag‘ishlangan mavzular alohida yoritilib kelinadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, cho‘milish bolaning nafaqat gigiyenasi uchun, balki uning chiniqishi uchun ham juda muhim hisoblanadi.

Buning uchun bola cho‘milayotganda hammomning eshigi ochiq bo‘lishi, suv haroratini har kuni issiqdan sovuqqa pasaytirib borishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan butun jarayon 15-45 daqiqa (atrofida) davom etgani ma’qul. Bola cho‘milib bo‘lgandan so‘ng uni shamollatilgan xonaga olib kirish, kiyintirish va yotqizish kerak.

Bolalarni 12-14 yoshdan boshlab suzishga oid sport turlariga jalb qilish yanada foydali boʻlib, bu orqali ularda umumiy immunitet tizimi yaxshi rivojlanadi, boʻy bilan bogʻliq muammolar, ortiqcha vazn kabilarda ijobiy natija koʻrsatadi.

To Top ↑
To Top ↑