x

Yuqumli kasalliklar ichida eng keng tarqalgan suvchechak kasalligi yosh bolalar orasida ko‘p uchraydi. Bu kasallikning o‘ziga xos alomatlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • Isitma (37,5-38,5 °S);
  • Ishtaha yo'qolishi;
  • Bosh og‘rig‘i;
  • Umumiy holsizlik (Tez charchash);
  • Qichishish;
  • Toshmalar.

Kasallik o‘tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog‘-papula bo‘lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to‘lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo‘shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi. Pigmentli dog‘lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo‘lmaydi.

Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo‘llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon (isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o‘zida toshmaning turli rivojlanish (dog‘, papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko‘rish mumkin.

To Top ↑
To Top ↑