Burun bitishi har qanday kishi uchun yoqimsiz holat. Bunday vaziyatda nafas olish birmuncha qiyinlashadi. Ushbu holat bolalarda ham uchrab turadi va uning sabablari ham talaygina.
Demak, bolalarda burun bitishining asosiy sabablari quyidagilar:
- har qanday turdagi allergiyalar;
- sun’iy oziqlantirish;
- tez-tez virusli infeksiyalar bilan kasallanish;
- burun yo‘llaridagi yot jismlar;
- havoning ifloslanishi - passiv chekuvchi, ya’ni chekuvchi atrofidagi tutundan nafas olish.
Yuqoridagilar sababli farzandingizning burni bitib qolsa, buni quyidagi belgilar orqali payqashingiz mumkin bo'ladi:
- burun orqali nafas olishdagi qiyinchiliklar;
- bolaning kechasi tez-tez uyg‘onishi;
- bola ishtahasining pasayishi;
- holsizlik va tez charchash.