x

Insonning jismoniy rivojlanishi va ruhiy salomatligi uchun kislorodning o‘rni katta ekanligi ma’lum. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, endigina rivojlanib kelayotgan bolaning salomatligi uchun ham toza havo juda muhim hisoblanadi. Quyida ochiq havoda vaqt o‘tkazish bola uchun qaysi jihatlarda foydali ekani haqida so‘z yuritamiz.

Jismoniy rivojlanish

Ochiq havoda o‘ynash bolaning jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi tabiiy omillardan biridir. Yurish, yugurish, turli harakatli o‘yinlar o‘ynash, uy ishlarini bajarish bolada qon aylanish tizimining normal ishlashiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bu immunitet oshishi orqali kasalliklardan himoyalanishga yordam beradi.

Vitamin D

Endi rivojlanib kelayotgan bola uchun eng zarur elementlardan biri bu Vitamin D hisoblanadi. Quyosh nurlari ostida, toza havoda vaqt o‘tkazgan bolada qondagi kalsiy miqdori me’yorida bo’ladi, suyaklar va tishlarning sog’lom o’sishiga zamin yaratiladi. Shuningdek, “vitaminlar qiroli” deya ta’riflanadigan D vitamini bolalarda ko’p uchraydigan raxit kasalligining oldini olishga xizmat qiladi.

Kun davomida xonadan tashqariga chiqmagan bolada qon aylanish tizimining buzilishi, kalsiy yetishmasligi va boshqa muammolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun rivojlanib kelayotgan bolalar uchun ochiq havoda o‘ynashga sharoit yaratish lozim.

To Top ↑
To Top ↑