x

Kuz faslida iqlimning issiqdan sovuqqa o'zgarishi natijasida havoda bir qator allergenlar paydo bo'ladi. Ular ko'z, burun yoki teriga tushib, reaksiyaga kirishadi hamda allergiya qo'zg'atadi.

Ayni o'sish davrida bo'lgan, kasallanish ehtimoli yuqori bo'lgan bolalarni ushbu faslda eng ko'p uchraydigan allergiyadan himoya qilish lozim. Buning uchun esa avvalo allergiyaning belgilarini aniqlab olish talab etiladi.

Burun bitishi, tumov, odatdagidan ko'p aksirish, ko'z va burunning qichishishi, tomoq og'rig'i, burundan suv oqishi, nafas qisilishi, yo'tal, ko'z ostidagi dog'lar, charchoq kabi holatlar bolalarda kuzgi allergiyaning alomatlari hisoblanadi.

Farzandingizda ushbu belgilarni sezsangiz, uni shifokor ko'rigiga olib borishingiz tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑