x

Qo‘shni Qozog‘istonda 10 mingdan ortiq, Qirg‘izistonda esa 3 mingdan ziyod bolalar qizamiqqa chalingani haqida avvalroq xabar berilgandi. Unga ko'ra, bemorlarning 87 foizi qizamiqqa qarshi emlanmagani ham ma'lum qilingandi.

Bundan ko'rinib turibdiki, qizamiqning oldini olish uchun avvalo unga qarshi emlanish lozim. Keling bugun qizamiq o'zi nima ekanligi, qanday belgilari borligi va undan saqlanish haqida qisqa so'z yuritamiz.

Qizamiq bu qizil, mayda toshmalar bilan namoyon bo'ladigan virusli kasallikdir. U o'zaro muloqotda yoki havo tomchi yo'li bilan ham yuqishi mumkin. Virus sizga yuqsa, o'zini 1-2 haftadan so'ng namoyon qiladi.

Bolalarda qizamiq quyidagi belgilar bilan kuzatiladi:

  • yuqori harorat;
  • burun oqishi, burun bitishi;
  • aksirish;
  • quruq yo'tal;
  • og'iz bo'shlig'idagi kichik dog'lar;
  • toshma (yuzda va quloq orqasida boshlanadi, keyin butun tanaga tarqaladi).

Farzandingizni qizamiqdan saqlash uchun avvalo uning ko'proq suyuqlik iste'mol qilishini ta'minlash, to'g'ri ovqatlanish va so'glom hayot tarziga amal qilishini nazorat qilish talab etiladi.

Qizamiqning yuqorida qayd etilgan belgilari namoyon bo'lsa, bolani shifokor ko'rigidan o'tkazish tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑