x

Burun qonashi qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklar ichida birinchi oʻrinda turadi. Umumiy LOR kasalliklari ichida esa bu xastalik 3-5 foizni tashkil etadi.  Burun toʻsigʻi old qismidagi tomir chigali juda yuza joylashganligi sababli burunning tez qonashiga olib keladi va 90 foiz qon ushbu sohadan ketadi.

Qon ketishiga yana bir sabab burun ichining shikastlanishi boʻlib, hattoki, bola burnini yengilgina kavlagani uchun ham shilliq qavat jarohatlanishi mumkin. Burun ichiga yot jism tushishi natijasida ham bolalarning burnidan qon ketadi. Odatda bunday holatda burundan qon ajralma aralash keladi. Bir necha kun yot jism ushbu aʼzo ichida qolib ketsa, bolaning nafas olishi qiyinlashib, undan badboʻy hid kelishni boshlaydi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑