x

Oktyabr'-noyabr' oylarida O`zbekistonda 2-10 yoshli bolalarni ichak gel'mintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o`tkaziladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi xabar berdi.

Unga ko`ra, degelmintizatsiya tadbirlari Prezident qarori ijrosini ta'minlash hamda bolalarni gel'mintozlardan sog`lomlashtirish chora-tadbirlari samarasini o`rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Sentyabr' oyida SES ko`rsatma xati asosida mamlakatning barcha hududlarida bolalar bog`chalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari ichak gel'mintiozi bo`yicha laboratoriya tekshiruvlari o`tkazilgan. Ushbu chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan so`ng maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va 1-4 sinf o`quvchilari orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, ya'ni degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gel'mintozlari bilan kasallanish darajasi o`rganiladi.

“O`tgan yillarda o`tkazilgan bunday tadqiqotlar o`z samarasini ko`rsatdi, ya'ni gelmentlar bilan kasallanish 3-4 martaga kamaydi”, deyiladi ushbu xabarda.

Ma'lumot o`rnida, Gel'mintoz — bu inson tanasida, asosan bolalarda gel'mintlarning (qurtlarning) parazitlanishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik.

Ommaviy degelmintizatsiya maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda yiliga ikki marta amalga oshiriladi.

To Top ↑
To Top ↑