x

 Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti keyingi yillarda yoshlar o`rtasida tamaki mahsulotlari iste'moli, xususan, elektron segareta chekish ommalashib borayotganidan xavotirda. 

Hisob-kitoblarga ko`ra, ularning har 10 nafardan 9 nafari 18 yoshga to`lmay turib, hatto ba'zilari 11 yoshdan chekishni boshlaydi. Voyaga etmaganlar o`rtasida bu illat ko`p hollarda maktab muhitida avj olayotgani achinarli. 

 Yana bir tashvishlanarli holat, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, ya'ni yon-atrofdagi o`smirlar va bolalar hayotini ham zaharlamoqda. Huddi shu omil yiliga 1,3 millionga yaqin kishining o`limiga sabab bo`lyapti. 

Hususan, dunyodagi bolalarning yarmi tamaki tutuni bilan ifloslangan havodan nafas olyapti. 

Vaholanki, kashandalik oldini olish mumkin bo`lgan o`lim holatlarining birinchi sababi. Mutaxassislar XXI asrning birinchi yarmida chekish tufayli yana 450 million odam o`lishi mumkinligini taxmin qilyapti. 

Buning eng keng tarqalgan sabablari saraton, yurak xuruji, insul't va surunkali obstruktiv o`pka kasalliklaridir.

Qolaversa, sigaretning atrof-muhitga ham ziyoni katta. Ularni ishlab chiqarish va iste'mol qilish yiliga 84 million tonna karbonat angidrid (CO2) hosil bo`lishiga olib keladi.

Shundan kelib chiqib, JSST avvalroq hukumatlarni bunday mahsulotlar realizatsiyasi va reklamasini tartibga solishga chaqirgandi.

‼️ Kecha tashkilot tomonidan e'lon qilingan yangi bayonotda maktablarda tamaki iste'molini to`liq taqiqlash va “nikotindan xoli muhit” yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

To Top ↑
To Top ↑