Joriy yilning 1 oktyabr' sanasidan boshlab O`zbekistondagi bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi. Hususan, O`zbekistonda ona va bolalikni muhofaza qilish bo`yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, markazning 14 ta hududiy filiali tashkil etiladi.
Markazda homilador ayollar va yangi tug`ilgan chaqaloqlarni skriningdan o`tkazish bo`yicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali diagnostika va davolash amaliyotlari joriy etiladi. Shuningdek, akusherlik-ginekologik, tibbiy-genetik maslahat xizmatlari ko`rsatiladi.