Ispaniyalik pediatr Karlos Gonsalesning «Mening farzandim eyishni xohlamaydi» nomli kitobi allaqachon bestsellerlar ro`yxatidan joy olgan. Biz siz uchun kitobdagi bolalar va ovqatlar haqidagi qiziqarli parchalarni to`pladik.
Bolani doim tarozida tortish
«Agar bola to`ymayotgan yoki semirish kasaliga yo`liqqan bo`lsa, siz shunday ham buni ko`ra olasiz», — deydi Gonsales. Vazn to`plash o`rtacha ko`rsatkichlardan farq qilishi mumkin: ba'zi bolalarda o`sish o`ziga xos kechadi. Agar tahlillar me'yorida bo`lsa, xavotirlanish uchun sabab yo`q!
Shirinliklar berish
Shirin va tuzli ta'm miyani aldash va organizmga kerak bo`lmasa ham ko`proq eyishga majbur qilish xossasiga ega.
Yeyilganlarni hisoblashda ona sutini yoki sun'iy ovqatni qo`shmaslik
Agar bola sutni butilka yordamida ko`p ichayotgan bo`lsa va quyuq ovqat uchun deyarli joy qolmayotgan bo`lsa, yaxshisi go`dakni piyolaga o`rgatish kerak.
Ovqatlanayotganda mashg`ul qilish
Gonsales ovqatlanish vaqtidagi mul'tiklar, qo`shiq-raqslar kabi ko`ngil ochar o`yinlarni qo`pol pedagogik xato deb ataydi. Buning ustiga ovqatlarni «avtomatik» ravishda eyish katta bo`lganda stresslar va semirib ketishning shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Ovqat bilan rag`batlantirish va jazolash
Birinchidan, bu bilan siz bolani «tilyog`lamalik va muvofiqlashish»ga o`rgatasiz: o`zini to`g`ri tutish ota-onaning maqtovidan tashqari hech qanday rag`batlantilmasligi kerak. Ikkinchidan, ismaloqdan jirkanish va shokoladni ko`rganda quvonishning shakllanishi sizga faqat muammo qo`shadi.
Bolani eyishga majbur qilish
Bugun qancha tvorog yoki sabzi bo`tqasi eyish kerakligini bolaning o`zi biladi. Agar idishda yana ikki qoshiq qolgan bo`lsa, buning hech qanday qo`rqinchli joyi yo`q. Va hatto agar bola ma'lum bir mahsulotni umuman rad qilayotgan bo`lsa ham!