x

Eshitish qobiliyati buzilishi tug`ruqqacha yoki tug`ilgandan keyin boshlanishi mumkin. Ba'zi mamlakatlarda barcha yangi tug`ilgan chaqaloqlarda eshitish qobiliyatining buzilishi yoki karlik tashxisi uchun eshitish skriningi o`tkaziladi. Farzandingiz kar yoki eshitishi zaif bo`lsa, u og`zaki nutq, imo-ishora bilan gaplashish yoki har ikkisidan ham foydalanishi mumkin. Farzandingizning karlik darajasiga qarab eshitish moslamalari nutqni eshitishga yordam beradi.

Eshitish qobiliyatining buzilishi, karlik va eshitishning zaifligi: bu atamalar nimani anglatadi?

Farzandingiz eshitishi zaif yoki kar bo`lsa, demak, uning quloqlari o`z vazifasini to`liq yoki qisman bajara olmaydi. Masalan, farzandingiz zaif eshitish qobiliyatiga ega bo`lishi mumkin yoki u ba'zi yo`nalishlardan keladigan tovushlarni eshita olmasligi yoki ma'lum chastotalar yoki tovushlarni eshitishida muammo bo`lishi mumkin.

Ushbu muammoni ifodalash uchun "karlik" yoki "eshitish qobiliyatining buzilishi" atamalari muqobil ravishda ishlatilishi mumkin.

Karlik yoki eshitish qobiliyati buzilishining turlari

Karlik yoki eshitish qobiliyatining buzilishi:

tug`ilgandan kuzatilishi mumkin, bu eshitish qobiliyatining tug`ma buzilishi.

tug`ilgandan keyin boshlanadi, bu – eshitish qobiliyatining orttirilgan buzilishi.

Eshitish qobiliyatining ikkita asosiy turi mavjud - konduktiv va neyrosensor.

Konduktiv eshitish qobiliyatining buzilishi

- quloq ichida tovush o`tkazuvchanligining buzilishidir. Konduktiv eshitish qobiliyatining buzilishi, odatda o`rta quloq infektsiyasi natijasida o`rta quloqda suyuqlik to`planishidan kelib chiqadi va vaqtinchalik bo`ladi.

Neyrosensor eshitish buzilishi - tovush qabul qilish va u nimani anglatishini ajratish uchun mas'ul bo`lgan nervlar zararlanishidir. Neyrosensor eshitish buzilishi engil, o`rtacha, og`ir yoki juda og`ir shaklda bo`lishi mumkin. U bola hayoti davomida davom etadi va vaqt o`tishi bilan yomonlashishi mumkin.

Eshitish qobiliyati yo`qolishining aralash shakli - bolada ham konduktiv, ham neyrosensor eshitish qobiliyati buzilishi kuzatilishidir.

Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda universal eshitish skriningi

Eshitish skriningi nima?

Skrining paytida maxsus uskuna chaqalog`ingizning quloqlariga ma'lum tovushlarni eshittiradi va chaqaloqning reaktsiyasini yozib oladi.

Aksariyat hollarda chaqaloqlar, uyga chiqmaslaridan avval tug`uruqxonada skriningdan o`tkaziladi.

Karlik yoki eshitish qobiliyatining buzilishi belgilari

Farzandingiz kar yoki eshitishi zaif bo`lsa, u odamlarning gapirayotganini eshitmaydi, ya'ni u ovozlarga va boshqa shovqinlarga kutganingizdek javob bermasligi mumkin. U katta bo`lgani sari nutqi va tili boshqa bolalar kabi rivojlanmayotganini sezishingiz mumkin.

Quyida, odatdagidek rivojlanayotgan boladan nima kutish kerakligi keltirilgan. Agar farzandingiz quyidagilarni bajarmasa, shifokoringiz bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

• 0-4 oylikkacha bo`lgan davrda farzandingiz baland tovushlardan cho`chib ketishi, tovush manbaini topish uchun boshini aylantirishi yoki ko`zlarini harakatlantirishi kerak. Agar bola yig`lab bezovtalansa, u ovozingizni eshitganda tinchlanishi kerak.

• 4 oydan 8 oygacha bo`lgan davrda farzandingiz atrofidagi tovushlarni sezishi, u bilan gaplashganda tabassum qilishi, "xayr-xayr" kabi oddiy so`zlarni tushunishi kerak.

• 8 oydan 14 oygacha bo`lgan davrda farzandingiz o`z ismiga javob berishi, "oyi" va "dada" kabi oddiy so`zlarni aytishi, oddiy tovushlarni takrorlashi va yaqin atrofidagi odamlar e'tiborini qaratish uchun ovozidan foydalanishi kerak.

• 14 oydan 24 oygacha bo`lgan davrda farzandingiz so`z boyligini rivojlantira boshlaydi, oddiy ko`rsatmalarni tushunadi va ularga rioya qiladi, ikkita so`zni birlashtiradi.

Hamma narsa yaxshidek tuyulishiga qaramay hali ham xavotirda bo`lsangiz, shifokor yoki soha mutaxassisiga murojaat qilishingiz kerak. Chunki farzandingizni yaxshi bilasiz.

Muloqot qilishni o`rganish: kar bolalar va eshitishi zaif bo`lgan bolalar Farzandingiz kar yoki eshitishi zaif bo`lsa, u og`zaki nutq, imo-ishora yoki bir vaqtning o`zida og`zaki nutq va imo-ishora ikkisidan foydalanishi mumkin.

Og`ir darajadagi karlik yoki juda og`ir karlik bilan og`rigan bolalar uchun og`zaki nutq bilan muloqot qilishni o`rganish juda qiyindir. Bunday o`qitish ko`p yillarni talab etadi va har doim ham muvaffaqiyat qozonmaydi. Farzandingiz rivojlanishi va u bilan muloqot qilishingiz uchun eng muhimi bu - muloqot qilish imkoniyatiga ega bo`lishingizdir.

Ko`pgina oilalar, bola og`zaki nutqdan foydalanishidan qat'i nazar, bolasini ham gapirish, ham imo-ishoradan foydalanishga o`rgatadi. Bu oilangizning tanlovi bo`lsa, siz va oilangizning qolgan a'zolari ham imo-ishora tilini o`rganishlari kerak.

Sizga va farzandingizga g`amxo`rlik qilayotgan tibbiyot mutaxassislaridan qo`shimcha ma'lumot olish va imo-ishora tilini o`rganish uchun yordam so`rashingiz mumkin.

Kar va eshitishi zaif bo`lgan bolalar uchun eshitish moslamalari

Farzandingizga og`zaki nutqni eshitishga yordam beradigan moslamalar mavjud. Og`zaki nutqni eshitganida farzandingiz tildan foydalanishni o`rganishni boshlashi mumkin.

Farzandingiz uchun to`g`ri moslamani tanlash eshitish qobiliyatining turiga va og`irlik darajasiga bog`liq bo`ladi. Kuchaytirish yoki yordamchi eshitish moslamalari deb nomlangan ushbu moslamalarga quyidagilar kiradi:

• eshitish apparatlari;

suyak o`tkazuvchi implantlari;

• koxlear implantlar - eshitishning og`ir neyrosensor shakli bo`lgan bolalar uchun jarrohlik yo`li bilan o`rnatiladigan moslama;

shaxsiy chastota modulyatsiyasi tizimlari.

Farzandingiz bitta moslamadan yoki bir nechta moslamadan foydalanishi mumkin. Shuningdek,  farzandingiz ushbu moslamalarni og`zaki nutq va imo-ishora bilan birgalikda ishlatsa bo`ladi.

Eshitish qobiliyati zaif bo`lgan bolalarning aksariyati ikkala quloqda ham yordamchi eshitish moslamalaridan foydalanadilar.

Kar va eshitishi zaif bo`lgan bolalar uchun erta aralashuvlar

Farzandingizda eshitish qobiliyatining pasayishi mavjudligini qanchalik erta bilsangiz, unga erta davo muolajalari boshlanadi va u muloqot qilishi uchun tilni o`zlashtira olishi imkoni oshadi. Bu shuningdek, siz va oilangiz iloji boricha tezroq maslahat va ko`mak olishingiz mumkinligini,farzandingiz uchun hayotga yo`llanma degan ma'noni anglatadi.

Sizni va farzandingizni qo`llab-quvvatlovchi mutaxassislar jamoasiga audiologlar, logopedlar va maxsus ta'lim o`qituvchilar (pedagog-defektologlar) kirishi mumkin.

Ko`p savol berishga qo`rqmang

Bolaning eshitish va rivojlanishini rag`batlantirish uchun kun davomida u bilan o`ynashingiz va o`zaro muloqotda bo`lishingiz unga juda ham katta yordam beradi. Bolalar ularga g`amxo`rlik qilayotgan va ko`p vaqtlarini ular bilan o`tkazadigan insonlardan ko`p narsalarni o`rganadilar.

O`zingiz va oilangizga g`amxo`rlik Farzandingizga g`amxo`rlik qilishga boshingiz bilan sho`ng`ib ketsangiz-da, o`z farovonligingizni ham unutmang.

Siz jismoniy va aqliy jihatdan sog`lom bo`lsangiz, farzandingizga yaxshiroq g`amxo`rlik qila olasiz.

Boshqa bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashish qo`llab-quvvatlashning - ajoyib usuli bo`lishi mumkin. Shu kabi holatlarda boshqa ota-onalar bilan umumiy til topishishingiz tavsiya etiladi. Buning uchun yuzma-yuz yoki onlayn qo`llab-quvvatlash guruhiga qo`shilish orqali bog`lanishingiz mumkin.

Boshqa farzandingiz bo`lsa, imkoniyati cheklangan bolalarning aka-ukalari siz uchun juda muhim ekanini,ular haqida qayg`urishingizni va ular boshidan o`tkazayotgan voqealarga befarq emasligingizni his qilib turishlari kerak. Ular bilan suhbatlashish, birga bo`lish va ular uchun ham qo`llab-quvvatlovchi so`zlarni topish muhimdir.

To Top ↑
To Top ↑