x

Kichkintoyni hayotning 15-kunidan boshlab ba'zi tavsiyalarga amal qilgan holda sayrga olib chiqish mumkin. Agar harorat 45°C dan yuqori bo`lsa, bolani uydan olib chiqish tavsiya qilinmaydi. Bolaning tashqarida bo`lishi uning umumiy holatini, kayfiyatini, uyqusini, ishtahasini, infektsiyalarga chidamliligini yaxshilaydi.

Siz chaqaloqni quyoshga chiqishga etarli darajada tayyorlagan bo`lsangiz, issiq ob-havo chaqaloq bilan sayr qilish uchun juda mos keladi. Yoz oylarida bolani erta tongda, ertalab soat 11:00 gacha yoki kech tushdan keyin, soat 17:00 dan so`ng olib chiqish tavsiya etiladi.

Chaqaloqning kiyimi zich paxtali matodan tikilgan, quyoshdan himoyalashga mo`ljallangan, iloji boricha yorqin ranglarda bo`lishi kerak. Bolaning boshiga tabiiy matoli panama kiydirish kerak.

Yorqin bo`lmagan quyosh nuri suyaklar, tishlar va immunitetni mustahkamlash uchun muhim bo`lgan D3 vitamini ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Bolalar uchun maxsus quyoshdan saqlovchi kremlarni 3 yoshdan katta bolalar uchun qo`llash mumkin. Agar bola 3 yoshdan katta bo`lsa, kiyim bilan yopilmagan tana qismlariga ultrabinafsha nurlardan saqlovchi krem surting. Krem qurishga ulgurishi uchun uni sayrga chiqishdan 20 daqiqa oldin surting.

Bolani quyoshdan himoya qilish uchun aravachani mato bilan yopmang. Aravachaning soyabonidan foydalanishingiz mumkin.

Yuqori haroratlarda suvga bo`lgan ehtiyoj oshadi, shuning uchun bolani tez-tez emizish yoki bola tabiiy ovqatlanmasa, tez-tez suv berish kerak. Yoz bu chivinlar eng ko`p bo`lgan vaqt, shuning uchun bolani ko`chaga olib chiqishdan oldin himoyalash kerak (aravacha to`ri, chivinlarni haydovchi portativ qurilmalar yoki bolalarga mos keladigan chivindan himoyalovchi vositalar).

To Top ↑
To Top ↑