x

Oshqozon osti bezidagi o`simtani olib tashlash eng qiyin jarrohlik amaliyotlaridan sanaladi. Uning murakkabligi shundaki, operatsiyadan so`ng bemorda og`ir asoratlar qolishi, hatto, o`lim holatlari kuzatilishi mumkin, deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, kuni kecha poytaxtimizdagi Bolalar Milliy tibbiyot markazida turkiyalik mohir jarroh bilan hamkorlikda mamlakatimizda ilk bor oshqozon osti bezidagi o`simtani olib tashlash operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

O`n besh soatdan ortiq davom etgan amaliyotdan so`ng hali bir yoshga ham to`lib ulgurmagan jajji qizaloqning hayoti saqlab qolingan.

To Top ↑
To Top ↑