x

Olimlar yosh bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanishi – qo`l va barmoqlarining nozik harakatlari miqdori hamda shakli-hajmi bilan to`g`ridan-to`g`ri proporsional ekanligini isbotlagan.

Barmoqlarning harakatlari mahorati yuqori darajada rivojlangan bolalarda – nutq, fikrlash, xotira, e'tibor yaxshi bo`ladi. Barmoqlarning harakatlari erkin bo`lmaguncha bola nutqining rivojlanishiga erishib bo`lmaydi.Bolalarda barmoqlar mashqi bo`yicha ishni 6-7 oyligidan boshlash kerak. Har kuni qo`llarni 2-3 daqiqa davomida engil uqalash kerak.

Rag`batlantiruvchi qo`l mashqlari 5 bosqichdan iborat:

bolaning qo`lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash;

barmoqlarni 5-6 marta (bosh bormoqdan tashqari) bukish va to`g`rilash 5-6 marta;

bosh bormoqni o`ng-chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakatlantirish;

kaftni 2-3 marta faollashtirish: barmoq bilan bolaning kafti o`rtasidan sekin spiral ko`rinishida silash, spiral kengayib borib, oxiri bola bosh barmog`ida tugaydi;

bolaning qo`lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.

Barmoqlarning nozik harakatlarini rivojlantiruvchi mashqlar:

bolani o`n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak – kub, piramidalar, turli hajmdagi yarimsharni bir biriga taxlash, joylashtirish.

bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo`lgan davrda yog`ochdan yoki plastmassadan bo`lgan o`yinchoqlar, masalan, legolardan piramida, uychalar yasash;

bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo`lgan davrda mozaykalardan har turdagi shakllarni yig`ish;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo`lgan davrda o`yinchoqlarni, yirik tugmachalarni teshiklardan arqon o`tkazib bir safga terish, arqonlardan har xil shakldagi bog`ichlar yasash;

artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so`zlarni dona-dona talaffuz qilishga intilish.

Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalar barmoqlarini nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta'sir ko`rsatadi, balki bolani chizishga, yozishga ham tayyorlaydi.

To Top ↑
To Top ↑