x

Emlash salomatligimizining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Hayotning birinchi kunlaridan boshlab chaqaloq atrof-muhitda mavjud bo`lgan yuqumli kasalliklarning ba'zilarni yuqtirish xavfidan himoyada bo`ladi. Dunyoning qayeridadir bor bo`lgan yuqumli kasalliklarga qarshi emlama ishlab chiqarilgan bo`lsa, bolangizni ularga qarshi emlash muhimdir. Emlash mavjud yuqumli kasalliklarga qarshi jamoa immunitetini saqlab qolish va vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan yangi kasalliklardan aholini himoya qilishning yaxshi usulidir.

Emlash bolangiz uchun og`riqli muolaja bo`lishi mumkin. Shuning uchun siz ham, farzandingiz ham ushbu muolajaga tayyorgarlik ko`rishingiz muhimdir. Emlashlar bola hayotining birinchi yilida tez-tez o`tkazilib turiladi. Bolangiz emlash nima uchun muhimligi, uni nima kutayotgani va o`zini qanday tutishi kerakligini tushunish uchun hali kichkina. Biroq bu tushuntirishlar keyinchalik foydali bo`ladi. Bir oylik bola emlash paytida sezishi mumkin bo`lgan holat - hissiy tomondan tayyor ekaningiz, xotirjamligingiz, xavfsizligingiz va siz unga bera oladigan himoyalanganlik his-tuyg`usidir.

Buni qanday amalga oshirish kerak?

Hayotning dastlabki bir necha oylarida emlamaga tayyorgarlikni emlashga ijobiy munosabatda bo`lgan va igna / ukoldan qo`rqishini samarali nazorat qila oladigan ota yoki ona amalga oshirishi muhimdir.

Emlash o`tkazilganda farzandingiz bilan doimiy muloqotingiz, mehr-muhabbatingiz, silab-siypalashingiz va pichirlashingiz sababli u birga ekaningizni sezadi, o`zini havfsizlikda his qiladi.

Bunday munosabatingiz emlashni muntazam bajaradigan va bunda katta tajribaga ega tibbiyot xodimlarining o`z vazifalarini sifatli bajarishiga ta'sir etadi.

Tibbiyot xodimlari bilan birgalashib, o`zingiz va chaqalog`ingiz uchun eng qisqa, eng yaxshi va og`riqsiz usulni topishingiz mumkin. Ushbu birinchi tajriba emlash bilan bog`liq keyingi barcha jarayonlarga ta'sir qiladi. Shuning uchun ilk tajribalar iloji boricha kamroq hissiy oqibatlarga olib kelishiga harakat qiling.

Birinchi yil tugagandan so`ng, emlashdan oldin bola bilan suhbatlashishingiz va unga tayyorgarlik ko`rishingiz mumkin. Ba'zi bolalar, masalan, moslashishda qiynalayotgan yoki ko`ngilsizliklarni og`ir o`tkazadigan bolalar uchun oldindan tayyorgarlik juda muhim, chunki u stressni (kuchli ruhiy zarbani) kamaytiradi, emlama tufayli paydo bo`ladigan stressning hissiy oqibatlarini kamaytiradi.

Bunday holatlarning oldini olishda ota-onalarning ko`pchiligi foydalanib kelayotgan usul - taqlid va rolli o`yinlardan foydalanish mumkin. Bu o`yinlarni bitta nom bilan "shifokor o`yinlari" deb atasak bo`ladi. Ushbu o`yinlar orasida, ayniqsa, bolalar "plastmassa shisha"ni onaga, otaga va boshqa oila a'zolariga berishi qiziq. Ular ushbu vazifani namoyish qilganda quvonishadi, bu esa buni bolaga ko`rsatish va uni ortiqcha reaktsiyalarsiz og`riqqa chidashga undash uchun imkoniyatdir.

Muolajalarga tayyorgarlik paytida haqiqatni boladan yashirmaslik kerak. Siz bolangizga og`riqqa chidash usullarini taklif eting va qanday usul bolangiz uchun eng yaxshisi ekanini muhokama qilib oling. Masalan, shunday deyishingiz mumkun: "Ha, to`g`ri, og`riydi, lekin biz "puff" deb puflaymiz (yoki sanaymiz) va bu og`riqni tezroq engishga yordam beradi", deb aytishingiz mumkin... Yoki "Bir-birimizning qo`llarimizdan tutamiz, sen meni ushlab turasan, og`riyotgan paytda iloji boricha qattiq ushlaysan", desa bo`ladi. Bunday daldalar bola og`riqni engishiga yordam beradi.

Siz nimani o`ylab topganingiz yoki qanday jarayonda qatnashishingizdan qat'i nazar, bu - yaxshi strategiya! Hammamiz qatori bola ham odatda boshidan kechirayotgan barcha hodisalarda hamdardlik istaydi.

Muhim!

Agar u yig`lasa yoki ukol qilishlaridan qo`rqsa, uda uyalish tuyg`usini qo`zg`atishni tavsiya etmaymiz. Shuningdek, qiz bola bo`lgani sababli "yig`laydigan" "zaif qiz" timsolidan foydalanishingizni ham maslahat bermaymiz. Bu tarzda bolani hamdardlik va tushunishdan mahrum qilishingiz mumkin, bu faqat qo`rquv, qarshilik, stress va uning oqibatlari reaktsiyalarini kuchaytiradi.

Oddiy ko`rinadigan bu xatolar bolada har qanday shifokorga nisbatan qo`rquvni kuchaytirishi mumkin va bu farzandingizning sog`lig`iga g`amxo`rlik qilishni doimiy ravishda qiyinlashtirishga olib keladi.

To Top ↑
To Top ↑