Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o`zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o`zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Ammo stress holatlari nafaqat homilador ayolga, balki sog`lom insonga ham ta'sir qiladi.
Homilador ayol asabiylashganda uning organizmida kortizol miqdori oshadi va qon orqali embrionga o`tadi. Va bu gormon embrionning yurak va bosh miya rivojlanishiga o`z ta'sirini ko`rsatadi. Shu sababli homiladorlik davrida ko`p asabiylashish bola tug`ilgach asabiy va yig`loqi bo`lishiga sabab bo`ladi.
Bu holatni oldini olish uchun homilador ayol sevimli mashg`ulotlari bilan ko`proq shug`ullanishi va stresslardan uzoq bo`lishi tavsiya etiladi