x

Buxoroda O`zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoevning saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi. Ma'lum qilinishicha, nomzod Buxoroda uy-joy qurilishi, tibbiyot, elektroenergetika va ekologiyaga oid kelgusidagi 7 yillik rejalari bilan tanishtirdi. Hususan, tibbiyot masalasiga to`xtalgan amaldagi davlat rahbari viloyatdagi mingdan ortiq bolalarni bepul davolashga va'da berdi.

«Buxoroda aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo`yicha ham aniq rejalarimiz bor. Shu maqsadda, 2030 yilga qadar mahallalarda 50 ta yangi oilaviy poliklinika va shifokor punkti qurilib, 200 tasi to`liq ta'mirlanadi. Murakkab operatsiyaga muhtoj, tug`ma yurak nuqsoni bor ming nafardan ortiq bolalarni davlat hisobidan davolash tashkil etiladi. Bu ishlarga Buxoro uchun yiliga 30 milliard so`mdan ajratamiz», – dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuningdek, Buxoroda Halqaro xalq tabobati markazi va Farmatsevtika klasteri tashkil qilinadi. Buning uchun, 50 million dollar investitsiya jalb qilinishi ta'kidlandi.

To Top ↑
To Top ↑