x

Miya chayqalishi bolalar orasida ham keng uchraydigan holatlardan biri ekanliginidan xabaringiz bormi? Statistik maʼlumotlarga koʻra, har yili eng kamida 120 000 nafar bolada miya chayqalishi kuzatilar ekan.

Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda miya chayqalishi quyidagi holatlar orqali namoyon bo’ladi:

— Bir yoki bir necha marta qayt qilish;
— Emizish vaqtida sutni qusib yuborish;
— Teri rangining oqarib ketishi;
— Ishtahaning yomonlashishi;
— Notinch uyqu;
— Liqildoqning shishib qolishi.

Chaqaloqlarda miya chayqalishi holati kuzatilganda bola hushdan ketmaydi, buni hisobga olish juda muhim.

Bir yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda esa quyidagi holatlar miya chayqalishi sodir bo’lganidan darak beradi:

— Ishtahaning yoʻqolishi, koʻngil aynishi;
— Bosh aylanishi va bosh sohasidagi ogʻriqlar;
— Rangpar teri;
— Umumiy holsizlik, uyquchanlik, koʻp yigʻlash;
— Tomir urishining sekinlashishi;
— Tana haroratining koʻtarilishi;
— Koʻp terlash.

Bunday yoshdagi bolalarga tashxis qoʻyish nisbatan osonroq. Ular miya chayqalishida bosh ogʻriqlari, koʻngil aynishidan shikoyat qilishadi. Bunday holatlarda farzandingizni bolalar shifokori ko’rigidan o’tkazishingiz tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑