– Kuniga 100 ml sabzi sharbati soch o`sishini rag`batlantiradi, shuningdek ularni qalinlashtiradi. Sabzi tarkibidagi vitamin C va Ye vitamini bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa soch o`sishini rag`batlantiradi va sochlarning erta oqarib ketishining oldini oladi.
– Sabzi tish va og`iz uchun foydalidir, chunki ular tish cho`tkasi kabi plastinka va oziq-ovqat zarralarini qirib tashlaydi. Sabzi tarkibidagi minerallar og`izdagi zararli mikroblarni o`ldiradi va tishlarning parchalanishini oldini oladi.
– Qarishni to`xtatadi! Yuqori darajadagi beta-karotin antioksidant bo`lib, hujayra qarishini oldini oladi va qaytaradi.
– Sabzi tarkibida bolalar va ayollar suyaklarining o`sishi va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan kalttsiy borligini kamchiligimiz bilamiz.
– Hom yoki maydalangan sabzi tez bitishi uchun yara, kesik va yallig`lanishlarga surtish mumkin. Yallig`lanishga qarshi xususiyatlari terini jonlantirishga va tonlashga yordam beradi.